10:51 / 13.04.2016
1595

Qirg‘iziston parlamenti spikeri akasining bosh vazirlikka tavsiya qilinishi ortidan o‘z lavozimini tark etdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Asilbek Jeenbekov o‘z akasi Sooronbay Jeenbekov nomzodi mamlakat bosh vazirligi uchun ko‘rsatilishi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etgan. Bu haqda Interfaks xabar tarqatgan.

"Men ikki marta parlament spikeri etib saylandim. Buning uchun sizlarga va davlat rahbariga minnatdorchilik bildiraman. 10 aprel kuni tug‘ishgan akam nomzodi bosh vazirlik lavozimi uchun ilgari surildi va men o‘z ixtiyorim bilan o‘z lavozimimni tark etaman", deydi Jeenbekov.

Jeenbekovlarning kattasi nomzodi mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan boshqariladigan Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan. 14 aprel kuni bosh vazirlik uchun deputatlar orasida saylov bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, Qirg‘izistonda hukumat partiyasi bosh vazirlik lavozimi uchun Sooronbay Jeenbekov nomzodini ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.

Top