12:37 / 13.04.2016
1444

Qozog‘iston prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi

13-14 aprel kunlari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

N.Nazarboyev Islom hamkorlik tashkilotining XIII Sammitida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Nursulton Nazarboyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan kurishishi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Sammit doirasida delegatsiya rahbarlarining muzokaralari ham bo‘lib o‘tadi.

Top