16:18 / 13.04.2016
1862

WSJ: Nestle davolovchi mahsulotlar ishlab chiqarmoqda

Shveytsariyaning Nestle kompaniyasi davolovchi mahsulotlar tizimini ishlab chiqmoqda. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.

Unga bir qator kasalliklarni davolash uchun zarur bo‘lgan maxsus kukun va ichimliklar kiradi. Ularning tarkibida pomidor, qahva va uzum kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan olingan tabiiy komponentlar bo‘ladi.

"Uzoq vaqt davomida oziqlanishga fan sifatida qaralmagan. Biroq ko‘pgina kasalliklarga, masalan yoshga doir dementsiyada oziq-ovqat katta o‘rin tutgan yangicha yondashuvlarga jiddiy klinik ehtiyoj sezilmoqda", - dedi Nestle Sog‘liqni saqlash direktori Ed Betge.

Nestle uchun bu katta salohiyatga ega bozor, deb hisoblaydi WSJ, chunki o‘zining an'anaviy bozorida kompaniya qiyin damlarni boshdan o‘tkazmoqda.

Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, 14 aprelda korxona 2016 yil boshida yana savdo-sotiqning past ko‘rsatkichini e'lon qiladi.

Top