18:28 / 13.04.2016
1413

Xosep Gvardiola: «Futbolda eng muhimi natija, ammo sifatli o‘yinsiz YeChLda natijaga erishib bo‘lmaydi»

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida «Benfika»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida savollarga javob berdi.

«Bizda tarkib masalasida muammolar bor, bizning yo‘qotishlarimiz raqibnikidan ko‘ra ko‘proq. O‘tgan oyda «Bavariya» muhim o‘yinlarni markaziy himoyadagi asosiy futbolchilarisiz o‘tkazdi.

«Benfik»ga qarshi birinchi o‘yin uchun futbolchilarimdan minnatdorman, ular raqibni o‘rganish uchun imkoniyat yaratishdi. Biz endi bu jamoaga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilamiz. «Bavariya» bu o‘yinda yaxshi himoyalanishi kerak. To‘p bizga tushganida esa vaziyatlar yaratishimiz kerak. Agar birinchi bo‘lib gol urib olsak, bir oyog‘imiz bilan yarimfinalda bo‘lamiz.

Men hamisha futbolda eng muhimi natija ekanini ta'kidlab kelganman. Shuningdek, ishga yondashish va ruhiyat ham muhim. Lekin yaxshi, sifatli o‘yinsiz Yevropa chempionlar ligasida hech narsaga erishib bo‘lmaydi», – deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning Myunxenda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvi nemislar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Lissabondagi javob uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top