18:36 / 14.04.2016
1502

Amerikalik 94 soat vaqtini televizor qarshisida serial tomosha qilish bilan o‘tkazdi

Bruklinda istiqomat qiluvchi Alexandro Fragoso televizorni uzluksiz tomosha qilish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Fragoso ekran qarshisida 94 soat, ya'ni deyarli to‘rt kun o‘tkazdi va u Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Digital Trends nashri xabar berdi.

Bu rekordni amalga oshirishda u o‘rta yer dengizi xalqlarining parhez qilish usulidan va texnologiyalardan foydalanganligini aytdi. Birgalikda ular Fragosoga qondagi shakar darajasini ushlab turishda va uyquni yengishda yordam berishdi. Ta'kidlanishicha, uning sog‘ligini tekshirib turish uchun oldida shifokor ham bo‘lgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotning oxirida Fragosoda kuchli gallyutsinatsiyalar va yurak urishining tezlanishi kuzatilgan. Bundan tashqari, o‘zi bilmagan holda bir oz vaqtga uxlab ham qolgan.

U tomosha qilgan shoular xar hil bo‘lgan. Unga “Taxtlar o‘yini”, “Bobning tamaddixonasi”, “Uddaburonligingni jilovla” va boshqa bir necha seriallarni ko‘rsatishgan. Fragosoning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot jarayonida u televizorni ko‘p tomosha qilish qanchalik sog‘liqga zararli bo‘lishi mumkinligini tushinib yetgan.

Top