20:22 / 14.04.2016
1331

Yevroparlament "ofshor mojaroni" tergov qilish bo‘yicha komissiya yaratilishini ma'qulladi

Strasburgda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Yevroparlament raisi va assambleya fraksiyalari rahbarlari "ofshor mojaroni" tergov qilish bo‘yicha parlament komissiyasini yaratishni ma'qulladilar. Bu haqda Yevroparlament matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Yevroparlament raisi va siyosiy guruhlar yetakchilarini birlashtiruvchi prezidentlar yig‘ilishida tergov bo‘yicha komissiya yaratish haqidagi so‘rov bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi", deb aytildi matbuot xizmatida.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar bilan "to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot" davomida "ofshor mojarosiga" olib kelgan "Panama hujjatlari"ning chop etilishiga izoh berib o‘tdi.

Putin tergovni tayyorlaganlar orasida AQSh rasmiy idoralari xodimlari borligini ta'kidlab o‘tgan.

Top