12:37 / 14.04.2016
3491

Namanganda noqonuniy ravishda rangli metallar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi fuqaro, 1982 yilda tug‘ilgan M.B. tanish-bilish fuqarolardan mis hamda rangli metallarni arzon narxlarga sotib olib, yig‘ib yurdi. U metallarni sotib foyda olishni ko‘zlagan edi. Bu haqda “Huquq olamida” nashri yozgan.

U qilayotgan ishi noqonuniy ekanligini bilgan, u to‘plagan ashyolarini o‘zi sotmay, tanishlari orqali bozorga olib chiqmoqchi bo‘ldi. Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi tanishi X.Yu.dan iltimos qilib, barcha metall va mislarni uning uyiga olib borib tashlaydi. Ammo ko‘p o‘tmay X.Yu. undan uyidagi metallarni olib ketishini, bu noqonuniy ekanligini aytdi.

M.B. rangli temir va mislarni olib kelish uchun Yangiqo‘rg‘on tumaniga yo‘l oldi. Haydovchi I.X.ga tegishli bo‘lgan “Damas” avtomashinasida Yangiqo‘rg‘onga kelishdi.

Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilgan 991 kg. og‘irlikdagi umumiy narxi 3.051.918 so‘m bo‘lgan ushbu rangli metallar qonunga xilof ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Top