15:34 / 14.04.2016
1520

OAV Qozog‘iston parlamenti ehtiyojlari uchun 7 ming litr alkogolli ichimlik xarid qilinganini aniqladi

Qozog‘iston parlamentining sobiq va amaldagi deputatlari 11 ming shisha vino, aroq, viski, konyak va shampan vinolari xarid qilingani haqidagi xabarlar bo‘yicha «NewTimes.kz» agentligiga o‘z izohlarini berishmoqda.

Agentlik so‘roqqa tutgan deputatlarning aksari, parlamentda ichmaganini yoki umuman ichmasligini ta'kidlashgan. Ular hatto, bunday yirik miqdorda alkogolli ichimlik, aynan parlament ehtiyojlari uchun xarid qilinishini bilmasliklarini aytishgan.

Sobiq deputatlardan biri bunday savollarga umuman javob bermasligini qat'iy ohangda ta'kidlab qo‘ya qolgan.

«Qozog‘iston respublikasi parlamenti xo‘jalik ishlari boshqarmasi tomonidan 11 ming shisha spirtli ichimlik xarid qilinishi deputatlar jamoasiga mo‘ljallanmagan», deydi majilismen Serik Seydumanov.

«To‘g‘risini aytganda, bu xabar biz uchun ham yangilik. Shunday xaridlar bo‘lishi va mavjudligi bizning hatto tushimizga ham kirmagan», - degan parlament a'zosi.

«Aytaylik, ushbu ichimliklar rasmiy qabullar uchundir. Ammo, unchalik ham ko‘p bo‘lmaydigan qabullarga bu darajada ko‘p miqdorda alkogol talab etilmaydi», ― deb fikr yuritadi Seydumanov.

«Qozog‘iston parlamenti ma'muriy binolari va xo‘jalik ishlari direksiyasi» davlat korxonasi xo‘jalik maqsadlarida alkogolli ichimliklar xarid qilish bo‘yicha bozorni o‘rganayotgani xaqidagi xabarlar turli mashmashalarga sabab bo‘ldi.

NUR.KZ nashrining eng sodda hisob-kitoblariga ko‘ra, eng arzon spirtli ichimlik buyurtma qilinganda ham, 7 612 litr uchun 15 million tenge (44370 AQSh dollari) kerak bo‘ladi.

Top