22:38 / 14.04.2016
1637

Pan Gi Mun butun dunyo bo‘ylab IShIDga qo‘shilganlar sonini ma'lum qildi

BMTning bosh kotibi Pan Gi Mun dunyoning turli davlatlaridan o‘n minglab odamlar IShID terrorchilik guruhiga qo‘shilganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Pan gi Mun bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

"IShIDning Iroq va Suriyadagi kampaniyalariga butun dunyodan 30 mingdan ko‘proq odam qo‘shilgan. Bu xorijiy jangchilar ortlariga qaytganidan keyin o‘zining va boshqa davlatlarning xavfsizligiga katta tahdid soladi", deb ta'kidlab o‘tdi Pan Gi Mun.

Bosh kotibning aytishicha, IShID internet va ijtimoiy tarmoqlarni qo‘llash orqali yoshlarni radikallashtirish va yollashga qodirligini namoyish qildi.

Bosh kotib BMTga a'zo davlatlar IShIDning neft va gaz kontrabandasi, madaniy meros buyumlarini noqonuniy sotish, pul olish uchun odamlarni o‘g‘irlash yordamida, xorijdan moliyaviy ko‘maklar ko‘rinishidagi mablag‘ yig‘ishini bartaraf etuvchi jiddiy choralar qabul qilishga majbur ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi.

Pan Gi Mun terrorchilarni yoshlarni yollash maqsadida internetdan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Top