18:25 / 14.04.2016
1490

Putin AQShda hokimiyat almashuviga shubha bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQShda hokimiyat almashinuvi tizimi ishlashiga shubha bildirib, Bushlar va Klintonlar oilasini fikriga dalil sifatida ko‘rsatgan. Bu haqda, davlat rahbari 14 aprel kuni o‘tkazgan an'anaviy "bevosita muloqot"i chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Shtatlarni olaylik. U yerda dastlab (41 prezidenti) Jorj Bush davlat rahbari bo‘ldi, so‘ngra o‘g‘li Jorj Bush (43 prezident). Baribir Bushlar oilasi vakili. AQShning 42 prezidenti Bill Klinton ikki muddat Oq uy rahbari bo‘ldi, endi esa, uning rafiqasi da'vogarlik qilmoqda. Endi Klintonlar oilasi hokimiyat tepasida qolishi mumkin. Qani bu yerda hokimiyat almashinuvi? Bizda aytishganidek, ermi-xotin baribir shayton», — degan Vladimir Putin.

Rossiya rahbari, mamlakat siyosiy maydoniga yangi kuchlarning kirib kelishiga ruxsat beriladimi, degan savolga javob bera turib, AQShdagi vaziyatni misol keltirgan.

Prezidentning qayd etishicha, barqaror partiyalarning hokimiyatni uzoq muddat ushlab turishi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatiladigan holdir.

«Ammo, bu bizda kengayib borayotgan partiyalar mavjud emasligini anglatmaydi. Saylovlarda ishtirok etish uchun ayrim cheklovlarni olib tashlashga qaror qilindi. Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak, saylovchilar nimani va qanday hohlayapti?», — deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Top