16:01 / 14.04.2016
4746

Putin shaxsiy hayoti haqida: Menda hammasi yaxshi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «bevosita muloqot»i chog‘ida, shaxsiy hayotidan mamnun ekanini bildirdi.

Davlat rahbariga murojaatlardan birida, OAVda uning sobiq rafiqasi Lyudmila turmush qurgani haqida xabarlar tarqagan.

«Shunday ekan, qachon bizga birinchi xonimni tanishtirasiz?» — deb qiziqqan Gatchinalik Aleksandra.

Prezidentning javob berishicha, Lyudmilaning ham turmushidan ko‘ngli to‘q.

«Men ham hayotimdan roziman, menda hammasi yaxshi», — deb qo‘shimcha qilgan prezident, balki, qachonlardir Aleksandraning qiziqishiga javob qaytarishi mumkinligini rad etmagan.

Top