16:25 / 14.04.2016
1522

Putindan so‘rashdi: Kim yomonroq - Klinton yoki Tramp?

Rossiya prezidenti Vladimir Putindan uning an'anaviy "bevosita muloqot"i chog‘ida AQShdagi prezidentlik saylovlari xususida fikrini bilishga qiziqishib, Hillari Klinton va Donald Trampdan qaysi biri yomonroqligi haqida savol bilan murojaat qilishdi.

«Biz yomon emas, yaxshilarini qidirishimiz kerak. Tariximizda, o‘zaro qalin hamkorligimiz natijasida yaxshi natijalarga erishgan paytlarimiz ko‘p bo‘lgan. Bugungi kunda ham shunday misollar bor», — degan Rossiya rahbari.

AQSh bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi kurash shunday misollardan biridir.

Shu bilan birga, Putinning qayd etishicha, AQSh rahbariyati, kuch va imperialistik istaklari nuqtai-nazaridan siyosat olib bormasdan, hamkorlari, jumladan Rossiyaga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak.

Top