09:56 / 14.04.2016
1679

Qiziq voqea: samolyot avtomobil yo‘liga qo‘ndi, o‘ziga yonilg‘i quydi va yana uchib ketdi

Rossiyaning Volgograd viloyati avtomobillar qatnovchi katta yo‘lida yengil motorli samolyotning qo‘nganini payqashdi. Bu haqda guvohlar ma'lumotiga asoslanib, Volgasib xabar bermoqda.

Mahalliy aholi 13 aprel tongida shaharning chorrahalaridan birida bir samolyot avtomobillar bilan birga yurib borganini va keyin uchib ketganining guvohi bo‘lgan.

Guvohlarning tasdiqlashicha, samolyot yoki shassi bo‘ylab yurib ketgan yoki avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtab, o‘ziga gaz quyib olgan.

Tuman aholisining so‘zlariga qaraganda, bunday hodisalar bu yerda tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Top