00:04 / 15.04.2016
1647

Qirollik oilasi dunyodagi eng xavfli aeroportga qo‘nish uchun maxsus uchuvchilarning xizmatidan foydalandi

Kembrij gersoginyasi va shahzoda Uilyamning Butanga tashrifi haqida avval xabar bergan edik. 

Business Insider UK nashrining xabariga ko‘ra, ular Butan qirolligiga yetib borish uchun o‘zlarining shaxsiy samolyotlari emas, balki mamlakat aeroportiga samolyotni qo‘ndira oladigan maxsus uchuvchilarning xizmatidan foydalanishdi.

Chunki Butan qirolligining Paro aeroporti dunyodagi eng xavfli aeroportlardan biri hisoblanadi. Unga faqat 8 nafar uchuvchi samolyotlarni qo‘ndira olish huquqini qo‘lga kiritgan.

Paro aeroporti juda ham baland bo‘lgan qoyalar bilan o‘ralganligi tufayli ular orasidan uchib o‘tish juda ham mushkul. Tog‘lar 5487 metr balandlikda joylashgan. Hattoki, qoya uchida ham kichik uylar borligi uchun ular tepasidan uchib o‘tish juda xavfli. Shuningdek, aeroport dengiz sathidan 2,5 kilometr balandlikda joylashgan.

Samolyot Butan zaminiga xavfsiz qo‘nganida qirollik oilasi tomonidan uchuvchilarga davomiy olqishlar yangradi.

Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

 

Top