22:19 / 16.04.2016
1811

Eron Turkiyaning neft va gazga ehtiyojini to‘liq qondirishga tayyorligini ma'lum qildi

Eron Turkiyaning energiya tashuvchilarga ehtiyojini to‘liq qondirishga tayyor, deb aytdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ruhoniy bu haqda Turkiyaga tashrifi vaqtida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan bergan qo‘shma matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

"Biz Turkiya bilan energetika sohasida Eron Turkiyaning energetik xavfsizligi kafolati bo‘la olishi hamda uning gaz va neftga ehtiyojini to‘liq qondirishi bo‘yicha kelishib oldik", deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniyning aytishicha, mamlakatlar tadbirkorlar uchun ish tartibini soddalashtirishlari, bank va birja sohalarida hamkorlikni rivojlantirishlari kerak.

Ta'kidlanishicha, prezidentlar, shuningdek, sayyohlik va transport sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Top