00:13 / 16.04.2016
1512

Internetda Barak Obamaning Jyen Psakining qizchasi bilan birga emaklayotgani surati paydo bo‘ldi

Internet foydalanuvchilari tomonidan internetda paydo bo‘lgan, Oval xonasi polida kichkina qizcha bilan birga emaklayotgan AQSh prezidenti Barak Obamaning surati keng muhokama qilinmoqda.

Ko‘k rangdagi kurtkacha va kulrang ishtonchalarda bo‘lgan va u bilan birga shaxsan AQSh prezidenti o‘ynayotganidan bexabar qizcha AQSh Davlat departamentining sobiq spikeri Jyennifer Psakining 2015 yil iyulida tug‘ilgan qizi Jyeneveva Greys Mecher yoki qisqacha Vividir.

Hozirda Vivi bir yoshga to‘lmagan bo‘lsa-da, uning onasi uni o‘zi bilan birga ma'muriy idoralar bo‘ylab olib yurib, o‘z hamkasblari va hattoki prezident bilan tanishtirmoqda.

Jyen Psaki homiladorligi tufayli o‘z lavozimidan ketganiga qaramasdan, ko‘rinishicha, avvalgi lavozimiga qaytishga umid qilmoqda. Psaki onalik burchini bajarish bilan birga, Obamaning ishini maqtab, uning faoliyati haqida piar-postlar yozish bilan ham shug‘ullanmoqda.

Jyen Psaki 2010 yilda turmushga chiqqan.

Top