17:46 / 16.04.2016
1429

KXDRda mudofaa sanoati xodimlari uchun orden ta'sis etildi

Koreya xalq demokratik respublikasida "Kunchjari ishchi sinfi" sharafiga yangi orden ta'sis etildi. Mamlakat  Yuqori xalq yig‘inining qaroriga muvofiq mudofaa sanoatidagi xodimlarning maxsus xizmatlari uchun mazkur orden bilan mukofotlashadi.

Mukofot Koreya xalq armiyasining qahramonona g‘alabalarini aks ettiruvchi zarrin nurli tillarang besh qirrali yulduz shaklidadir. Ordenda "Kunchjari ruhida" yozuvi bo‘lib, unda koreyaliklar uchun muqaddas Pektusan tog‘i, avtomat va minomet tasvirlangan.

Koreyada mashhur Kunchjari tumani Pxenan-Namdo provinsiyasida joylashgan. Koreys urushi yillarida (1950-1953) uning aholisi "qiyinchiliklarga qaramay harbiy aslahalar ishlab chiqarishda faol qatnashgan va bu bilan Amerika imperialistlari va ularning ittifoqdoshlari ustidan g‘alaba qozon ilishiga o‘z hissalarini qo‘shishgan", deb xabar beriladi manbada.

KXDR mudofaa sanoati korxonalarida ba'zan "Kunchjari ishchi sinfi" nomidagi mehnat jamoasi deb nomlanish uchun ommaviy chiqishlar bo‘lib turadi.

Top