09:42 / 16.04.2016
1435

«Milan» 2015 yilni 89 mln yevro zarar bilan yakunladi

Italiyaning «Milan» futbol jamoasi rahbariyati, jamoaning 2015 yil yakunlariga ko‘ra hisobotini e'lon qilishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, jamoaning shu davr ichida ko‘rgan zarari 89,3 million yevroni tashkil etadi, bu 2014 yilgi raqamdan (91,3 mln yevro) ikki million yevroga kamdir. Biroq, "Milan" daromadi ham keskin pasaygan. U, 2014 yilgi 233 million yevrodan 2015 yili 221 million yevroga tushib ketgan.

"Milan" jamoasi xarajatlari esa, 2015 yili 4 foizga ko‘tarilib, 304 million yevroni tashkil etgan.

Top