07:28 / 16.04.2016
1373

Noma'lum kishi Armanistonning sobiq prezidenti uyiga granata uloqtirdi

15 aprelda kechki payt 1998-2008 yillar davomida Armaniston prezidenti lavozimini egallagan Robert Kocharyanning Yerevendagi uyiga hujum uyushtirildi.

"Sobiq prezidentning uyiga hujum uyushtirilgani haqida xabar tushdi, voqea joyida tezkor guruh ishlamoqda", deb ma'lum qilindi Armaniston politsiyasi matbuot xizmatida, biroq boshqa tafsilotlar keltirilmadi.

Bu orada Kocharyan ofisi boshlig‘i Viktor Sogomonyanning aytishicha, Kocharyanning o‘zi bu vaqtda Moskvada, AFK "Sistema" kompaniyasi direktorlar kengashi yig‘ilishida bo‘lgan. Kocharyan bu kompaniyaning direktorlar kengashi a'zosi hisoblanadi.

Sogomonyanning ta'kidlashicha, sobiq prezident uyiga hujum qilinganini jurnalistlardan bilgan: "Mening tushunishimcha, kimdir granata uloqtirib, qochib ketgan". Uning aytishicha, hech kim jabrlanmagan.  

"Aytishim mumkinki, hech narsa yuz bermadi. Bilishimcha, granata portlamagan", deb Sogomonyanning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Interfaks" axborot agentligi.

Robert Kocharyan Armanistonning ikkinchi prezidenti, 1994-1996 yillarda esa tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning birinchi prezidenti bo‘lgan

Top