16:38 / 16.04.2016
1667

OAV Istanbulda otishma ovozi eshitilganini ma'lum qildi

Turkiya poytaxti Istanbuldagi Metroport savdo markazida noma'lum shaxs tomonidan otishma uyushtirilgan. Bu haqda Beser Haber xabar bermoqda.

U tomonidan bombaga o‘xshash buyum ham otib yuborilgani haqidagi axborotlar ham mavjud. Voqea rasmiy tasdiqlanmagan.

Ayni damda jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Tvitter foydalanuvchilari ham OAV tarqatgan xabarni tasdiqlashgan. Bir foydalanuvchi savdo markazi hududida olti marta uzilgan o‘q ovozini eshitganini yozib qoldirgan.

Top