08:40 / 16.04.2016
1431

Poroshenko Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonini lavozimidan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni lavozimidan vitse-admiral Sergey Gaydukni bo‘shatdi. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu haqda Poroshenkoning 15 apreldagi 161-farmonida aytilgan.

"Vitse-admiral Gayduk Sergey Anatolevich egallab turgan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatilsin", deyilgan farmonda.

Avvalroq Poroshenko Ukraina bosh prokurori Viktor Shokinni ham lavozimidan bo‘shatgandi.

Top