20:15 / 17.04.2016
1907

A seriya: «Yuventus» «Palermo»ni yirik hisobda yengdi va «Napoli»dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi

«Yuventus» Italiya A seriyasining 33-turida «Palermo»ni qabul qildi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 10-daqiqasida hisob Sami Xedira tomonidan ochildi, 71-daqiqada Pol Pogba «ko‘hna sinoralar»ning ustunligini mustahkamladi, 74-daqiqada esa Xuan Kuadrado hisobdagi farqni 3taga yetkazgan bo‘lsa, Simone Padoin 89-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Endilikda «Yuventus» 79 ochko bilan A seriya turnir jadvalida «Napoli»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. Jamoa keyingi turlarda 7 ochko olishi chempionlik uchun kifoya qiladi.

Bugungi o‘yinlarda «Fiorentina» o‘z maydonida «Sassuolo»ni yengdi, «Verona» «Frozinone»ga yutqazdi, «Udineze» va «Kevo» uchrashuvida nursiz durang qayd etildi.

Yuventus (Turin) – Palermo (Palermo) – 4:0
Gollar: Xedira, 10 (1:0); Pogba, 71 (2:0); Kuadrado, 74 (3:0); Padoin, 89 (4:0).
Ogohlantirishlar: Barzali, 29; Morata, 86 – Xilemark, 29; Goldaniga, 45+1; Gonsales , 52.

Fiorentina (Florentsiya) – Sassuolo (Sassuolo) – 3:1
Gollar: Gonsalo Rodriges, 10 (1:0); Berardi, 55 (1:1); Ilichich, 57 (2:1); Konsili, 83 (3:1, avtogol).
Ogohlantirishlar: Telo, 59 – Vrsalko, 35; Peluzo, 45; Berardi, 86.

Verona (Verona) – Frozinone (Frozinone) – 1:2
Gollar: Russo, 15 (0:1); Byanketti, 64 (1:1); Frara, 90+2 (1:2).
Ogohlantirishlar: Byanketti, 23; Viviani, 62; Toni, 90+6 – Frara, 30; Krivello, 74; Paganini, 90+6.

Udineze (Udine) – Kevo (Verona) – 0:0
Ogohlantirishlar: Kuzmanovich, 11; Fernandesh, 82 – Tsesar, 58; Kachchiatore, 59; Radovanovich, 77; Spolli, 82.
Chetlatish: Felipe, 77 – Medjorini, 85.

A seriya, 33-tur. «Inter» «Napoli»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Top