09:05 / 17.04.2016
2562

Anjyelina Joli o‘zi haqidagi mish-mishlarni inkor etib, vazn yo‘qotishi sabablarini tushuntirdi

So‘nggi vaqtlarda juda tushkun va horg‘in holatda yurgan Hollivud aktrisasi Anjyelina Joli nima sababdan juda ham ozib ketgani haqida so‘zlab berdi

OAVda bong urayotgan oxirgi yangiliklar aktrisaning muxlislarini qattiq xavotirga sola boshlagan edi – jurnalistlar uning saraton, anoreksiya va paranoid kasalliklariga chalingani va hattoki shifoxonaga yotqizilgani, Bred Pitt bilan ajrimi haqida turli xil xabarlarni chop etishgan edi.

Bu kabi mish-mishlarga chek qo‘yish maqsadida Joli nega bunday ozib ketgani haqida o‘zi ma'lumot berishga qaror qildi.

Avval xabar berilgandek, Jolining bo‘yi 1.69 sm bo‘lishiga qaramasdan, uning vazni 35 kilogrammgacha tushib ketgani va shifokorlar tomonidan agar aktrisa yana 5 kilogramm yo‘qotsa, vafot etish xavfi ostida qolishi aytilgandi. 

Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashishga qaror qilgani haqida ham mish-mishlar tarqaldi. OAVda Anjyelina Bredning yangi ma'shuqasi paydo bo‘lganligidan qattiq iztirob chekayotgani ham yozildi. Biroq omma orasida Bred Pittning xiyonatini tasdiqlovchi hech qanday suratlar paydo bo‘lmagan.

Aktrisa o‘zi haqida tarqalgan barcha mish-mishlarni rad etdi. So‘nggi intervyularning birida u “Sinmas” filmining suratga olish vaqtida ozishga majbur bo‘lganini qayd etdi. Film konslager mahbuslari haqida hikoya qilgani uchun aktyorlar atayin juda kam ovqat iste'mol qilishgan. Anjyelina ham ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida deyarli ovqatlanmaslikka qaror qilgan.

Top