07:11 / 17.04.2016
1225

AQSh Guantanamodagi 9 nafar mahbusni Saudiya Arabistoniga topshirdi

AQSh Guantanamodagi 9 nafar mahbusni Saudiya Arabistoniga o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Ta'kidlashicha, barcha mahbuslar Yaman fuqarolaridir. AQSh hukumati ular boshqa mamlakat uchun xavfli emas, degan qarorga kelgan.

Avvalroq AQSh Guantanamoda saqlanadigan ikki nafar liviyalikni Senegalga topshirishi ma'lum qilingandi. 

Mart oyi oxirida Pentagon AQSh kongressini Guantanamodagi bir necha mahbuslarni boshqa davlatlarga topshirishidan xabardor qilgan.  

Top