Tottining goli «Roma»ni «Atalanta»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Italiya A seriyasining 33-turida «Roma» «Atalanta» maydoniga safar qildi va 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi.
O‘yinning 27-daqiqasidayoq rimliklar Luka Din va Radja Nainggolan urgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi. Ammo mezbonlar iroda namoyish etib birinchi taymning o‘zidayoq Marko D'Alessandro va Marko Borrello gollari evaziga hisobni tenglashtirishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida «Atalanta» oldinga tashlandi va rimliklar jamoasining sobiq futbolchisi Borrello yana bir bor gol urib, hozirgi jamoasini oldinga olib chiqdi. «Roma»ni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan tajribali futbolchi Franchesko Totti mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi: 39-yoshli hujumchi o‘yinning 85-daqiqasida hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.
Endilikda «Roma» 65 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan, «Atalanta» esa 37 ochkosi bilan 14-o‘rinda qolmoqda.
Italiya - A Seriya A. 33-tur
Atalanta (Bergamo) – Roma (Rim) – 3:3
Gollar: Din, 23 (0:1); Nainggolan, 27 (0:2); D'Alessandro, 33 (1:2); Borrello, 37 (2:2); Borrello, 50 (3:2); Totti, 85 (3:3).
Ogohlantirishlar: Borrello, 51; Maziyello, 55; Raymondi, 90; Kurtich, 90+4 – Jukanovich, 35; De Rossi, 67; Jyeko, 90; Manolas, 90+4.