18:51 / 17.04.2016
2101

To‘ydagi mehmon stolning ustidagi yeguliklarni bilintirmay qutiga yig‘ishtirib oldi

Qozog‘istondagi to‘y marosimlaridan birida navbatdagi kutilmagan holat yuz berdi. Nur.kz tahririyatiga foydalanuvchilar to‘yda erkak kishi sarqitlarni terib o‘tirgani tasvirlangan qiziqarli videoni yuborishdi.

Videodagi tasvirda ko‘rsatilishicha, bu shaxs stol ustidagi yeguliklardan bilintirmay qutiga solishga harakat qiladi. Boshqa kishilar esa mehmonni to‘sib turib, unga bu ishda yordam berishadi.

Sarqit – bu bayram dasturxonida tortiq qilingan yeguliklar. To‘y dasturxonidagi sarqitlarni yig‘ishtirib olish qozog‘istonliklarning milliy an'anasiga aylangan.

Top