08:05 / 18.04.2016
1371

A seriya, 33-tur. «Milan» va «Latsio» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qildi

Italiya A seriyasining 33-turiga yakun yasaldi. Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Milan» va «Latsio» klublari o‘z o‘yinlarida g‘alaba qayd etishdi.

Bir necha tur oldin bosh murabbiy o‘zgargan, Filippo Inzagi boshchiligida o‘ynay boshlagan Rimning «Latsio» jamoasi o‘z maydonida «Empoli»ga qarshi kechgan o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu g‘alabadan keyin rimliklar klubi hisobida 48 ochko yig‘ildi.

O‘tgan turda «Yuventus»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Sinisha Mixaylovichni ishdan bo‘shatgan «Milan» ham bu turda, yangi bosh murabbiy Kristian Brokki boshchiligida safardagi uchrashuvda «Sampdoriya»ni mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona golni 71-daqiqada Karlos Bakka tomonidan urildi. Ayni vaqtda milanliklar 52 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan. Undan olinda borayotgan «Fiorentina» hisobida 59 ochko jamg‘arilgan.

Latsio – Empoli 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6, penalti Kandreva, 2:0 – 44 Onazi.
Latsio – Marketti, Gabarron (Basta, 84), Xudt, Xentiletti, Lulich, Onazi, Bigliya, Parolo, Kandreva, Kloze (Djordjyevich, 71), Keyta (Felipe Anderson, 63).
Empoli – Pelagotti, Lorini (Bittante, 19), Chosich, Kosta, Mariu Ruy, Kroche, Paredes (El Xadji, 68), Byuxel, Saponara, Puchcharelli, Pyu (Mchedlidze, 59).
Ogohlantirishlar: Chosich (6), Keyta (26), Bigliya (28), Parolo (30), Mchedlidze (90).

Sampdoriya – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 71 Bakka.
Sampdoriya – Viviano, Diakite, Silvestre, Kassani, de Silvestri, Fernando, Krstichich (Barreto, 66), Dodo, Alvares (Korrea, 56), Kualyarella, Soriano (Muriel, 81).
Milan – Donnarumma, Abate, Aleks, Romanoli, Antonelli, Bertolachchi (Poli, 54), Montolivo, Kutska, Bonaventura (Boateng, 88), Bakka (Menez, 81), Balotelli.
Ogohlantirishlar: Krstichich (29), Fernando (72), de Silvestri (74), Poli (74), Kutska (81).

A seriya, 33-tur. «Inter» «Napoli»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Tottining goli «Roma»ni «Atalanta»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

A seriya: «Yuventus» «Palermo»ni yirik hisobda yengdi va «Napoli»dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi

Top