10:17 / 18.04.2016
1464

Putin "jonli muloqot" vaqtidagi xatolik uchun Peskovni jazoladi

17 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Rossiya 1" telekanali efiridagi "Voskresnyy vecher s Vladimirom Solovevym" ko‘rsatuvida Putin bilan "jonli muloqot" vaqtidagi xatolik uchun prezidentdan tanbeh eshitganini aytdi. Putin yo‘l qo‘ygan xatolik Süddeutsche Zeitung nemis nashri va AQShning Goldman Sachs bilan bog‘liqligiga tegishli bo‘lgan.

"Misol uchun, Goldman Sachs tuzilmasiga kiruvchi xoldingga tegishli Süddeutsche Zeitung birinchilardan bo‘lib yozdi. Hamma yerdan g‘arb tuzilmalari quloqlari ko‘rinib turadi va hattoki qizarmaydi ham", deb aytgandi Putin jonli muloqot vaqtida.

Biroq keyinroq nemis nashri AQSh korporatsiyasiga tegishli emasligi ma'lum bo‘lgan.

"Gazeta Süddeutscher Verlag nashriyotining 100 foizlik sho‘'ba kompaniyasi hisoblanadi. Süddeutscher Verlag esa o‘z navbatida 81,25 foizga Südwestdeutsche Medien Holding’ga va 18,75 foizga jismoniy shaxslarga tegishli", deb izoh berdi Süddeutsche Zeitung nashri bosh direktori Shtefan Xilsher.

Kreml gazeta egalari borasida yo‘l qo‘ygan xatolik uchun uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan.

Dmitriy Peskov bu xatolik tufayli hayfsan olish-olmasligini bilmasligini tan oldi.

"Men hech kimga prezident tomonidan tanqidga uchrashni ravo ko‘rmasdim", deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Top