21:51 / 18.04.2016
1379

Isroil politsiyasi Quddusdagi avtobus portlashi terakt bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti

Isroil politsiyasi Quddus shahrida avtobus portlashi hodisasi bo‘yicha tekshiruvni davom ettirmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga mahalliy politsiya matbuot xizmati boshlig‘i Mixael Zingerman ma'lumot bergan.

800 ming kishi istiqomat qiladigan Quddusda avtobusda yong‘in chiqishi tufayli 15 kishi jarohatlandi.

"Balki bu texnik nosozlik tufaylidir. Biz barcha ehtimollarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Shu bilan birgalikda bu terakt bo‘lgani haqida versiya ham istisno qilinmaydi", degan manba.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ichida odam yo‘q avtobus portlagan va yona boshlagan. Uning yaqinidagi ikkinchi avtobusdagi kishilar jabrlangan.

Top