14:56 / 18.04.2016
1421

OAV: Neft ishlab chiqarishni muzlatib qo‘yish Saudiya Arabistoni diqqatni Eronga qaratgani tufayli amalga oshmadi

Neft qazib chiqarishni to‘xtatish g‘oyasi bu g‘oya tashabbuskori Saudiya Arabistonining Eron ishtirokisiz kelishuvga rozi bo‘lmasli tufayli amalga oshmagan. Bu haqida Bloomberg agentligi ma'lum qildi.

Xabarda aytilishishicha, dastlab Ar-Riyod bitim imzolash imkoniyati to‘g‘risida ma'lum qilgandi, biroq Dohadagi muzokaralarda qat'iy pozitsiyada turib oldi va o‘zining mintaqaviy raqibi ishtirokisiz bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

"Saudiya Arabistonining neft siyosati haddan tashqari siyosatlashib ketdi", - ta'kidladi Energy Aspects'ning katta analitigi Amrita Sen.

Agentlikning yozishicha, neft qazib chiqarishni to‘xtatish tarafdorlari Rossiya va Iroq neftni rekord darajada qazib chiqarishdi, shu bois bitimning bekor bo‘lishi talab va taklif mutanosibligini keskin o‘zgartirmaydi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, neft bozori muhim signal oldi: "yana har bir davlat o‘zi uchun ishtirok etadi".

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak neft qazib olishni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha Dohadagi muzokaralarning bunday yakunlanishiga Eron va Saudiya Arabistoni sababchi emas deb ta'kidlagan.

Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarning Dohadagi uchrashuvi ko‘zda tutilgan bitimning imzolanmasligi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda neft narxini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Dohadagi uchrashuv neft qazib chiqarish darajasini oktabrgacha muzlatib qo‘yish bilan yakunlanishi kutilgandi.

Top