18:56 / 18.04.2016
1459

Saudiya Arabistonida yangi aviakompaniya ish boshlaydi

Saudiya Arabistoni avialiniyalari bosh direktori Solih bin Nosir al-Jaser mamlakatda yana bir hamyonbop Flyadeal avialiniyasi paydo bo‘lganini bildirdi.

Rahbarning aytishicha, loukoster samolyoti Jidda shahridan 2017 yilning o‘rtalaridan ucha boshlaydi.

“Flyadeal nomli yangi kompaniya 2017 yil o‘rtalaridan faoliyat yurita boshlaydi va faqat ekonom klassda xizmat ko‘rsatadi”, - dedi al-Jaser.

Ushbu aviakompaniya ham ichki ham halqaro hududda yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.

Top