10:08 / 19.04.2016
1385

AQShning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida portlash yuz berdi. Portlash sodir bo‘lgan hududda AQSh elchixonasi joylashgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Amerikaliklar elchixonasi xabarida aytilishicha, portlash elchixona binosiga ta'sir ko‘rsatmagan. Shuningdek, hududda joylashgan NATO shtabi binosiga ham zarar yetmagan.

Portlash yuz bergan ko‘cha qalin tutun bilan qoplangan.

Hozircha portlash sabablari va boshqa tafsilotlar aniqlanmagan. Shuningdek, qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top