08:29 / 19.04.2016
1458

Dele Alli APL tarixida bir mavsumda 10ta gol urgan eng yosh yarimhimoyachi bo‘ldi

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Dele Alli APLning 34-turida «Stok Siti»ga qarshi uchrashuvda dublga erishdi.

Shu tariqa, Alli APLning ushbu mavsumidagi gollari sonini 10taga yetkazdi va liga tarixida bunday natijaga erishgan eng yosh hujumchiga aylandi. Yarimhimoyachi bu natijasiga 20 yoshu, 7 kunligida erishdi.

Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzod hisoblanadigan Alli bu mavsumda 32ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urib, 11 golli uzatma amalga oshirdi.

Top