11:22 / 19.04.2016
1367

Hindiston poytaxtida yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi

Hindiston poytaxtida gaz ballonining portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi esa jarohatlandi. Bu haqda Nyu-Deli politsiyasi xabar bergan.

Gaz ballonining portlashi shaharning sharqiy qismida joylashgan Gandi Nagar tumanida yuz bergan. Uning portlashi natijasida ikkita turar-joy binosi ag‘darilgan va yong‘in chiqqan. Olovni o‘chirish uchun yettita o‘t o‘chirish brigadasi to‘rt soat davomida harakat qilgan.

Top