21:43 / 19.04.2016
1273

Kobulda yana bir portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kunning ikkinchi yarmida yana bir portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Ayni vaqtda terakt tafsilotlari va qurbonlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Bundan oldinroq, kunning birinchi yarmidagi birinchi terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 28 nafarni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek 327 kishi shu terakt tufayli jarohatlangan.

19 aprel kunining birinchi qismida Afg‘oniston poytaxti Kobul markazida, AQSh elchixonasi joylashgan hududda ro‘y bergan avtomobilgan o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirildi.

Portlash shahar markazidagi Pul-e-Maxmud Xan tumanida sodir etildi. Hududdagi AQSh elchixonasi yonida NATOning Afg‘onistondagi missiyasi bosh qarorgohi joylashgan.

Hujum uchun javobgarlikni tolibonlar o‘z zimmasiga olgan.

Top