17:37 / 19.04.2016
1755

Metastazlar hosil qilishning yangi usuli kashf qilindi

Olimlar avval noma'lum bo‘lgan metastazlar - saraton hujayralarining ko‘p hujayrali klasterlarining paydo bo‘lish sababini topishdi. Bu haqida Proceedings of the National Academy of Sciences jurnaliga asoslanib Gazeta.ru nashri ma'lum qildi.

Metastazlar saratonning 90 foiz o‘lim bilan tugashiga olib keladi. Metastazlarning paydo bo‘lishida qonda aylanib yuruvchi alohida saraton hujayralari ishtirok etadi, deb hisoblanardi. Ko‘p hujayrali birikmalar olimlarga tor kapillyarlardan o‘tib, uzoqdagi organlarga yetib borishi uchun haddan tashqari katta tuyulardi.

Harvard tibbiyot maktabi xodimlari inson kapillyarlariga monand mikroflyuid qurilmalardan foydalanishdi va saraton hujayralarining ko‘p hujayrali klasterlari ulardan muvaffaqiyatli o‘tishiga guvoh bo‘lishdi. Olimlarning fikricha, bu klasterlarning o‘simta tarqalishida qatnashishini isbotlaydi.

Top