19:42 / 19.04.2016
1455

Moskva Afg‘onistonga 10 ming dona Kalashnikov avtomatlari va 63ta Mi-17 vertolyoti yetkazib berdi

Rossiya prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili, Rossiya TIV ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulovning ma'lum qilishicha, rasmiy Moskva Kobulga 10 ming dona Kalashnikov avtomat qurollarini va 63ta Mi-17 vertolyotlarini beg‘araz maqsadda yetkazib bergan. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.

«Avvalgi shartnomaga muvofiq, 63ta Mi-17 vertolyotini yetkazib berib, majburiyatimizni bajardik. So‘ngggi marotaba, Afg‘oniston hukumatiga 10 mingta Kalashnikov va 2,1 millionta patron yubordik. Bular beg‘araz yordam doirasida amalga oshirildi», — degan Kabulov.

Top