18:46 / 19.04.2016
2671

«O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi 3,225 trln so‘mlik aksiyalarni sotuvga chiqaradi

«O‘zbekneftgaz» MXK fond bozoriga 3,225 trln so‘mdan ortiq qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va nazorat qilish markazi, kompaniya aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Kompaniya mazkur emissiya doirasida umumiy qiymati 3 225 654 158 so‘mlik donasi ming so‘mdan bo‘lgan oddiy aksiyalarni sotuvga qo‘yadi.

Ushbu aksiyalar yopiq savdo usulida joylashtiriladi.

Top