10:39 / 19.04.2016
1555

Tailandda poyezd o‘z yo‘lidan chiqib ketdi

Tailand janubida yo‘lovchi poyezdi chiqindi mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida o‘z yo‘lidan chiqib ketdi. Bu haqda BNO News xabar bermoqda.

Mamlakat temir yo‘l boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, halokat 19 aprel tongda ro‘y bergan. Temir yo‘ldan oltita vagon chiqib ketgan.

Yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgan, poyezddagi yo‘lovchilar esa jarohatlanishgan. Ularning soniga aniqlik kiritilmagan.

Top