14:38 / 20.04.2016
1868

Billi Joel sotuvga qo‘yilgan uyining narxini 2 million dollarga tushirdi

Xonanda, pianinochi va bastakor Billi Joel Palm Bich (Florida)dagi dala-hovlisining narxini 29 million dollardan 27 million dollarga tushirdi. Bu uy oxirgi marta o‘tgan yili sotuvga qo‘yilgan edi. Bu haqida Amerikaning Gossip Extra nashri xabar beradi.

Turar-joy okean qirg‘og‘ining ko‘rkam va manzarali qismida qad rostlagan. Uy ichida yettita yotoqxona mavjud bo‘lib, shuningdek, hovli hududida ikki yotoqxonalik mexmonxona, dam olish zonasiga ega basseyn mavjud.

Xonanda bu uyni 2014 yilda 18,2 million dollarga sotib olgan. Nashrning qayd etishicha, hovli yangitdan ta'mirlangan.

Ayni damda 66 yoshni qarshilagan Joel 70-yillarning boshida o‘zining ommalashgan Piano Man qo‘shig‘i bilan keng miqyosda mashhurlikka erishadi. O‘z faoliyati davomida ko‘plab musiqa sovrinlarga, jumladan, olti marta “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Top