12:39 / 20.04.2016
1578

Rossiyaliklarning uchdan bir qismi "hukumat o‘z majburiyatlarini bajarmayapti" deb hisoblaydi

Rossiyada "hukumat fuqarolar oldidagi burchlarini bajarmayapti" deb hisoblovchilar soni 39 foizga yetdi. "Levada markazi"ning ijtimoiy so‘rovnomasi shundan dalolat beradi.

Shunday fikrlovchilar soni bir yilda 28 foizdan 39 foizgacha ko‘paydi. "Levada"ning ma'lumotlarini keltirgan "Vedomosti" nashri bu ko‘rsatkichning Qrim va Rossiya birlashuvigacha bo‘lgan darajaga qaytdi, deb ta'kidlamoqda.

So‘rovnomada qatnashganlarning 18 foizigina hukumat faoliyatidan roziligini bildirgan. 16 foiz aholi mamlakatda "xaos o‘sib bormoqda" deb hisoblaydi (bir yil avval 8 foiz aholi shunday fikrda bo‘lgan), 14 foiz kishining "Rossiya bir joyda qotib qolgani"ga ishonchi komil.

"Davlat faoliyatidan norozi tanqidiy fikrlar ko‘paymoqda, ammo bu avvalgidek 2012-2013 yildagidan kam. Qandaydir kompaniya yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakatdan norozilik kayfiyati o‘saveradi, ammo agar qandaydir mahalliy mojaro chiqsa va uni boshqa kuchlarga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘linsa, unda trend yana o‘zgaradi. Odamlarning qanday yomon yashayotganligi emas, javobgarlik kimga tushayotganligi va istiqbollar qanday ekanligidadir", deydi "Levada markazi" rahbari o‘rinbosari Aleksey Grajdankin.

Top