05:35 / 20.04.2016
1615

Xitoy maxfiy ravishda yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

Xitoylik harbiylar yangi qit'alararo ballistik raketa "Dunfen-41"ni sinovdan o‘tkazdilar, deb Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Washington Free Beacon nashri.

AQSh bu raketaning texnik ko‘rsatkichlaridan hazilakamiga tashvishga tushib qolmadi. Bu o‘ta uzoq masofaga uchuvchi, individual nishonga oluvchi raketa  6-10 jangovar kallakni 10 ming km dan ko‘proq masofaga yetkazishi mumkin. Bu imkoniyatlar raketaning AQShning istalgan burchagiga yarim soatda kirib borishiga yetarlilik qiladi. 

Raketaning uchirilishini AQShning yo‘ldoshli kuzatuv tizimlari qayd qilgan. Raketa qayerdan uchirilgani Pentagonda aniqlay olinmagan. Xitoy avvalgi raketa uchirishini 2015 yil 5 dekabrda amalga oshirgandi, o‘shanda xitoyliklar temir yo‘l platformasida o‘rnatilgan transport-pusk konteyneridan raketa uchirgandilar.

Xitoy o‘zining "dunyodagi eng uzoq ta'sir masofasiga ega raketasini" shu yildayoq qurollanishga qo‘yishi mumkinligi haqida Kanwa Asian Defence jurnali yozgandi.

Xitoy tomonidan ballistik raketa ishlab chiqilayotgani haqidagi birinchi ma'lumotlar 2014 yil iyulda AQSh tomonidan "Qurolli kuchlar va xavfsizlik sohasida rivojlanish tendensiyalari haqida hisobot"ning chop etilganidan keyin ma'lum bo‘lgan. Hisobotda Xitoy o‘zining qurol-aslahasi darajasi va harbiy tayyorgarligini yaxshilayotgani va bu bilan Vashingtonga tahdid solayotgani ta'kidlab o‘tilgandi.

Top