06:52 / 21.04.2016
1549

BMT: Efiopiya g‘arbida 100 ga yaqin bola jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketildi

Efiopiya g‘arbidagi qishloqlardan qurollangan jangarilar tomonidan 100 ga yaqin bola o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda jurnalistlarga BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, YUNISEF "15 aprelda Efiopiya g‘arbida 100 ga yaqin bolaning o‘g‘irlanishini qat'iy tarzda qoralaydi". Uning aytishicha, qishloqqa Janubiy sudanlik mol o‘g‘rilari hujum qilgan. "Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, bolalar halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida ham bo‘lgan", deb qo‘shimcha qildi Dyujarrik.

Dyujarrikning ma'lum qilishicha, BMT xodimlari vaziyatni baholashmoqda va jabr ko‘rgan jamoatga yordam berishga tayyor, Efiopiya hukumati esa o‘g‘irlangan bolalarning ozod qilinishiga harakat qilmoqda. "Bolalarga istalgan sabab bo‘yicha hujum qilish inson huquqlarining buzilishi va insoniylikka tahdid hisoblanadi", deb aytdi Dyujarrik va bolalarning "tezroq va so‘zsiz" oilalariga qaytarilishiga chaqirdi.

Top