18:09 / 21.04.2016
5151

Kaniza hamkasblari Ozodbek Nazarbekov, Rayhon va Munisaning o‘g‘riligi uning hiqildog‘iga kelganini bildirdi

“Darakchi.uz” saytining ma'lum qilishicha, kuni kecha xonanda Kaniza 28 aprel kuni “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tadigan konserti va nikoh to‘yi oldidan matbuot anjumani o‘tkazgan.

Ushbu matbuot anjumanida xonanda tomonidan qiziqarli savollarga javoblar va avval aytilmagan faktlar havola etilib, hamkasblari O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva, xonanda Munisa Rizayeva hamda “Benom” guruhlariga nisbatan o‘z e'tirozlarni bildirib o‘tgan.

Ya'ni Kanizaning ta'kidlashicha yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan xonandalardan Munisa Rizayeva “Ammasi xolasi” taronasidagi kovushlar kiyish g‘oyasini ko‘chirganligi, Rayhon esa “G‘aribim, tabibim” so‘zlari bilan qo‘shiq kuylaganligini, Ozodbek Nazarbekov esa yetim farzand nolasi kabi qo‘shiq mavzusini o‘g‘rilaganligi, “Benom” guruhi ham “Xolasi-ammasi” qo‘shig‘i musiqasi yo‘nalishi, klipi ijodiy jarayonlaridagi o‘g‘rilik ekanligini ma'lum qilgan.

Kaniza taronalari yuqoridagi ijodkorlar tomonidan so‘zma-so‘z yoki musiqa tomonidan aynan o‘g‘irlanmagan bo‘lsa-da, g‘oya, yo‘nalish, mavzu tomonidan bir xil ekanligini iddao qilgan.

Kaniza yuqorida nomlari keltirilgan ijodkorlarga o‘zlari mukammal ijod qilishlarini, uning qo‘shiqlari, yo‘nalishlari va u topgan mavzulardan o‘g‘rilamasliklarini, bu narsa uning hiqildog‘iga kelganini aytib o‘tgan.

Top