12:14 / 21.04.2016
1247

Pentagon: Rossiya aviatsiyasining 70 foizdan ko‘proq zarbasi IShIDga qarshi to‘g‘ri kelmoqda

AQSh boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasining rasmiy vakili Stiv Uorren Rossiya harbiy-koinot kuchlarining 70 foizdan ko‘proq zarbasi IShID va "Jibhad an-Nusra" jangarilari pozitsiyalariga to‘g‘ri kelishini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Uorren jurnalistlar bilan muloqotda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshida "80 foiz zarbalar muxolifatga to‘g‘ri kelganini" ta'kidlab o‘tdi.

"Jangovar harakatlarning to‘xtatilishidan boshlab biz o‘zgarishlarni ko‘rdik. Bir tomondan, rossiyaliklar haqiqatdan ham IShIDga zarba bera boshladi. Bir hafta avval bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 70 foizdan ko‘proq zarba haqiqatdan ham IShIDga qarshi qaratilgan bo‘lgan", deb aytdi Uorren.

Uorren Rossiya samolyotlari "ko‘proq "Jibhad an-Nusra"ga zarbalar berganini qo‘shimcha qildi.

Uorren shuningdek o‘t ochishni to‘xtatish tartibining buzilishlari soni o‘sayotganidan xavotirlanish bildirdi. Uning aytishicha, Suriya hukumat qo‘shinlari "boshqa kuchlar" bilan to‘qnash kelmoqda. Uorren Vashington Moskvani bir necha bor "buni to‘xtatish uchun" Bashar Asad tuzumiga ta'siridan foydalanishga chaqirgan.

Avvalroq Rossiya davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriya hududida IShID, "Jibhad an-Nusra" va boshqa terrorchilik tuzilmalariga qarshi operatsiyani bir necha barobar "qisqartirilgan ko‘rinishda" olib borayotganini aytgandi.

Top