00:25 / 21.04.2016
4872

Yum-yum yig‘layotgan 5 yoshli hind qizchalari turmushga berilayotgani videosi paydo bo‘ldi

Hindistonda qonunlarga zid ravishda, qadimgi an'analarga sodiq qolgan holda bolalarni nikohlab qo‘yish davom etmoqda. 

Internetda Hindistonning Rajaston shtatida o‘tkazilgan bunday ommaviy nikoh marosimi videosi paydo bo‘ldi. Bu shtatda bolalar o‘rtasida nikoh qurish tez-tez uchrab turadi.

Video 16-17 aprel kunlari suratga olingan. Ikki kun ichida 6 ta bolaning nikohi o‘tkazilgan.

Bu vaqtda Hindiston qishloq joylarida bunday nikohlar uchun ijobiy hisoblanadigan festival bo‘lib o‘tgan.

Videodagi qizchalarning ko‘pchiligi 5 yosh atrofida bo‘lib, ularni o‘smir o‘g‘il bolalarga turmushga berayotganlarida ularning yum-yum yig‘lashayotgani tasvirlangan.

Ayni vaqtda politsiya videodagi bolalarning shaxsini aniqlamoqda. O‘z farzandlarini zo‘ravonlik bilan turmush qurishga majburlagan ota-onalarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Biroq ularning barchasi hozir qochqinlikda yuribdi.

"Biz ularni topishimiz bilanoq ularning farzandlari nikohlari noqonuniy deb topiladi va sud ularga qarshi qat'iy choralar ko‘radi", deb aytdi aholi punkti rahbari.

Hindistonda nikoh qurish rasmiy yoshi qizlar uchun 18 yosh, yigitlar uchun esa 21 yosh qilib belgilangan. Biroq YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, Hindiston bolalar o‘rtasida nikoh qurish soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi.

Top