14:51 / 22.04.2016
1877

Amerikalik komik elektroshokerli telefon orqali odamlarni "tuzoqqa tushirdi"

Amerikalik komik Tob Meyb o‘g‘irlangandan keyin masofada yoqiluvchi elektroshokerli tuzoq-telefon yaratdi. Tom shunday qurilma yaratishga qaror qildi va undan telefon o‘g‘irlashganidan so‘ng o‘g‘rilarni chuv tushirmoqchi bo‘ldi.

Muallif qurilma qanday ishlashiga aniqlik kiritmadi. Videoga qarab taxmin qilish mumkinki, unda elektroshokni faollashtiruvchi g‘ilofga signal yuboruvchi oddiy avtosignalizatsiya brelogidan foydalaniladi.

Tuzoq-telefon haqidagi birinchi videotasmadagi izohlarda Meyb qurilmaning ommaviy sotilishini yo‘lga qo‘yish versiyasi ustida ishlayotganini ma'lum qildi.

Unga yozilgan izohlarda hamma har xil fikr bildirgan - kimdir buning zo‘r g‘oyaligini va uning tezroq ommaga havola etilishi taklifini bildirgan bo‘lsa, yana kimdir bu video uyushtirilganini taxmin qilgan.

Top