08:17 / 22.04.2016
1939

Obama qo‘shiqchi Printsning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

AQSh prezidenti Barak Obama pop-qo‘shiqchi Prinsning vafoti uchun ta'ziya izhor qildi. U marhumni "ijod ikonasi" deb atagan. Bu haqda The Hill xabar berdi.

"Kamdan-kam artistlar o‘z musiqasi va talanti bilan bunday katta miqyosdagi mashhurlikka erisha olgan", deya e'tirof etgan prezident.

U shuningdek, «Purple Rain» va «When Doves Cry» qo‘shiqlari muallifi bo‘lgan Prinsni «zamonaning eng talantli va sermahsul ijod qilgan musiqachisi» deb atagan.

Amerikalik xonanda, Prins taxallusi bilan ijod qilgan mashhur Rojyers Nelson 57 yoshida olamdan o‘tdi.

Prinsning jasadi 21 aprel kuni Minneapolisdagi uyidan topildi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmadi.

Qo‘shiqchi hammasi bo‘lib 39 ta albom yozgan. Uning oxirgi albomi 2015 yilda chiqqan. Qo‘shiqchining eng mashhur qo‘shiqlaridan biri Purple Rain (Binafsharang yomg‘ir) qo‘shig‘i hisoblanadi.

U «Gremmi», «Oskar», «Oltin globus» mukofotlari sovrindoridir.

Bundan oldinroq, Keti Perri uning o‘limi munosabati bilan ta'ziya izhor qilgandi.

Top