19:27 / 22.04.2016
1621

Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov o‘zining yaxtasini 27,5 mln yevroga sotdi

Rossiyalik tadbirkor va milliarder Mixail Proxorov o‘zining 62 metrlik superyaxtasini 27,5 mln yevroga sotdi, deb xabar berilmoqda Yacht Harbour saytida.

Ma'lum qilinishicha, yaxta 2003 yilda Niderlandiyaning Amels verfida qurilgan va 2011 yilda to‘liq qayta jihozlangan.

Kema 12 kishigacha mehmonni sig‘dirishi mumkin, ular uchun 6 ta kayuta ko‘zda tutilgan. Yaxta bortida shuningdek tungi klub, suv havzasi, jakuzi, ochiq kinoteatr va to‘liq jihozlangan sportzal mavjud.

Top