15:23 / 22.04.2016
1603

Turkiya sharqida amalga oshirilgan yana bir terakt tufayli 3 harbiy halok bo‘ldi

22 aprel kuni Turkiya sharqida portlash sodir etildi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida 3 askar halok bo‘lgan.

Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma'lumotiga ko‘ra, harbiy avtomobilga hujum amalga oshirilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya qurolli kuchlari Suriya bilan chegaradagi Kilis viloyatida tanklar miqdorini oshirgani xabar qilingandi.

Top